» » Mudofaa vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi

Mudofaa vazirligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi


Oldin xabar berilganidek, 26-mart kunidan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar shayligini nazoratdan o‘tkazish maqsadida to‘satdan tekshiruv boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Shu sababli Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga kiruvchi — Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Buxoro viloyatlarining avtomobil yo‘llarida 27, 28 va 29-mart kunlari harbiy texnikalardan iborat kolonnalarning harakatlanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati fuqarolardan og‘ir yuk mashinalari va jangovar texnikalardan iborat kolonnalarning avtomobil yo‘llari orqali harakatlanishi vaqtida ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida harakatlanadigan kolonnalarga xalaqit bermaslikni, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining talablarini so‘zsiz bajarishlarini so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют