» » Toshkent xalqaro aeroportida tillani yutib olib, Hindistonga uchmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi ayolning parvozi qoldirildi

Toshkent xalqaro aeroportida tillani yutib olib, Hindistonga uchmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi ayolning parvozi qoldirildi


Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari quyma tillalarni yashirincha olib chiqib ketishga uringan shaxsni to‘xtatib qoldi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

“Toshkent—Amritsar” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan yo‘lovchi ayolning hatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va fuqaro tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada ushbu fuqaro jami 8 dona quyma tilla bo‘lagini olib o‘tish maqsadida yutib olganligi ma’lum bo‘ldi. Ammo uning bu urinishlari naf bermadi va narxi qariyb 36 million so‘mlik quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют