» » Markus Reshford “Barselona” nishoniga aylandi

Markus Reshford “Barselona” nishoniga aylandi


“Barselona” Luis Suaresga o‘rinbosar hujumchini qidirishda davom etmoqda.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford ham “Barselona”ning short-listidan o‘rin egalladi, deb xabar qildi Mundo Deportivo.

Klub 21 yoshli futbolchini istalgan top-klubda to‘p surish uchun yetarli texnikaga ega hamda yoshiga nisbatan jismonan baquvvat deb hisoblamoqda.

“Barselona” allaqachon Reshfordning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, uning “Manchester Yunayted” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilgacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Markus Reshford joriy mavsum Angliya premyer ligasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.

Avvalroq kataloniyaliklar Luka Yovich (“Ayntraxt”) va Antuan Grizmannga (“Atletiko Madrid”) qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют