» » Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng yaxshi 100 yosh iqtisodchisi ro‘yxatidan o‘rin olgan Rauf Salaxo‘jayevga uy sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng yaxshi 100 yosh iqtisodchisi ro‘yxatidan o‘rin olgan Rauf Salaxo‘jayevga uy sovg‘a qildi


Dunyoning eng yaxshi 100 nafar yosh iqtisodchisi ro‘yxatiga kiritilgan Rauf Salaxo‘jayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan sovg‘a oldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida ma’lum qilinishicha, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘qituvchisi Rauf Salaxo‘jayevga Prezident nomidan Toshkent shahri markazida joylashgan uy sovg‘a qilindi.

Avvalroq Rauf Salaxo‘jayev RePeC (Research Papers in Economics — “Iqtisod fani bo‘yicha Ilmiy maqolalar”) tashkiloti tomonidan tuzilgan dunyoning eng yaxshi 100 nafar yosh iqtisodchisi ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar qilgan edi.

O‘zbekiston vakili ilk bor ushbu ro‘yxatga kiritilib, 32-pog‘onadan joy oldi. U birinchi elliktalikdan o‘rin egallagan yagona MDH vakili hisoblanadi. Kuchli elliktalikka Rauf Salaxo‘jayevdan tashqari Osiyoning yana ikki vakili — Hindiston va Yaponiya iqtisodchilari kiritilgan.

“Men uchun bu eng avvalo O‘zbekistonda mamlakat va uning rahbariyati qadrlaydigan hamda g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan olimlar borligini butun dunyoda bilishlari uchun yanada ko‘proq ishlash, barcha kuchimni kelgusidagi ilmiy muvaffaqiyat va g‘alabalarga bag‘ishlashimga rag‘bat va ishtiyoqdir”, — dedi Rauf Salaxo‘jayev telekanalga bergan intervyusida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют