» » Bosh prokuratura Murod Xonto‘rayevning pichoqlangani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Bosh prokuratura Murod Xonto‘rayevning pichoqlangani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi


Murod Xonto‘rayev 15-mart kuni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 3-klinikasi Jarrohlik bo‘limiga “kesib-sanchilgan jarohatlar” bilan murojaat qilgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

Murod Xonturayev bilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilganida, u 14-mart kunidan 15-mart kuniga o‘tar kechasi, soat 01:55 da yashash manzilida o‘z ehtiyotsizligi natijasida yiqilib tan jarohati olganligini, hech kim bilan urishmaganligini ma’lum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan 19-mart kuni 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, aralash qoidali yakkakurashlar jangchisi, o‘zbekistonlik Murod Xonto‘rayevga yana pichoq orqali hujum qilingani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Shundan so‘ng, Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Murod Xonto‘rayevning 27-mart kuni pichoqlangani haqida xabarlarni rad etib chiqdi.

Ushbu xabarlardan so‘ng, Murod Xonto‘rayev Instagram orqali jonli efirga chiqib, soppa-sog‘ligi, hech qanday pichoqbozlik bo‘lmagani haqida ma’lumot bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют