» » Chirchiqdagi uyda yuz bergan yong‘inda er-xotin va ularning 2 farzandi halok bo‘ldi

Chirchiqdagi uyda yuz bergan yong‘inda er-xotin va ularning 2 farzandi halok bo‘ldi


2019-yilning 27-mart kuni soat 00:29 da Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Chirchiq shahri “Bobur” MFY Mashar ko‘chasidagi 17-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar bermoqda.

Voqea joyiga zudlikda 6 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari soat 00 dan 39 daqiqa o‘tganda ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan vaqtida uy ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 01 dan 20 daqiqa o‘tganda qurshab olinib, soat 01 dan 58 daqiqa o‘tganda bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida 200 kv metr maydonda 17-uyning tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan (uyning 100 kv metr maydoni saqlab qolingan)

Ayanchlisi, yong‘in jarayonida shu uyda yashagan 8 nafar oila a’zolaridan 4 nafari ya’ni, 33 yoshlik fuqaro B.R, uning rafiqasi hamda ikki nafar 8 va 12 yoshdagi farzandlari vafot etgan. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 18:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют