» » Qashqadaryo hokimi o‘tkazgan sayyor qabulda 377 nafar fuqaro 615 ta muammo bilan murojaat qildi

Qashqadaryo hokimi o‘tkazgan sayyor qabulda 377 nafar fuqaro 615 ta muammo bilan murojaat qildi


26-mart kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyevning navbatdagi xalq bilan muloqoti sayyor qabul shaklida Kitob tumanida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda ishtirok etgan 2000 ga yaqin fuqarodan 377 nafari qabul qilinib, 615 ta muammo borligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov ma’lum qilmoqda.

Sayyor qabulda nogironligi bo‘lgan 40 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, qo‘ltiq tayoq, hassa, eshitish moslamasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga televizor, uy-ro‘zg‘or buyumlari oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Shuningdek, 50 nafar fuqarolarga tibbiyot muassasalariga order berildi.

— Xalq orasiga kirish, aholi bilan yaqindan muloqot o‘rnatish hamda ularning dardini eshitib, og‘irini yengil qilishga ko‘maklashish bugungi kun rahbar xodimlari, mutasaddi idoralarning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylangan, — deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida. — E’tiborli tomoni, aksariyat aholi vakillari tomonidan nafaqat o‘zi yoki oilasiga tegishli, balki mahalla, tuman ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq muammolar ham o‘rtaga tashlandi. Buni qabulda ishtirok etgan 377 nafar fuqaroning 615 ta muammoni ko‘tarib chiqishidan ham sezish mumkin.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sayyor qabulda har bir murojaatchining shikoyati tinglanib, ularning e’tiroziga sabab bo‘lgan holatlarni hokimlik, masalaga mas’ul boshqarma, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida chuqur tahlil qilgan holda bartaraf etish choralari ko‘rildi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan qonun buzilishi holatlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joyida hal etildi.

Sayyor qabulda mas’ullarga topshirilgan masalalarning ijrosi hafta oxirida muhokama etilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют