» » Qozog‘iston TIV: BMT Xavfsizlik kengashi Suriyadagi vaziyatni izga solishda Ostona uchrashuvlari ahamiyatini e’tirof etmoqda

Qozog‘iston TIV: BMT Xavfsizlik kengashi Suriyadagi vaziyatni izga solishda Ostona uchrashuvlari ahamiyatini e’tirof etmoqda


BMT Xavfsizlik kengashi Suriyadagi vaziyatni izga solish, o‘t ochishni to‘xtatish tartibini mustahkamlash borasida “Ostona jarayoni”ning yuksak tinchlikparvarlik salohiyatini e’tirof etdi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Xavfsizlik kengashi a’zolari Suriya hukumati va qurolli muxolifat o‘rtasidagi muloqot, mamlakatda o‘t ochishni to‘xtatish tartibi mustahkamlanishi, Suriyadagi tinchlik kelishuviga rioya etilishining uch tomonlama mexanizmi yaratilishiga “Ostona jarayoni” tufayli erishilganini bildirmoqda.

Kayrat Abdraxmanov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri

Qozog‘iston poytaxtida Suriyadagi vaziyat bo‘yicha navbatdagi xalqaro uchrashuv 14—15-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda Rossiya, Turkiya va Eron delegatsiyalari ishtirok etadi. Shuningdek, BMT, AQSh va Iordaniya vakillariga ham taklifnomalar yuborilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют