» » AQShda O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasining 10 yilligi keng nishonlandi

AQShda O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasining 10 yilligi keng nishonlandi


AQShda O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsulligi va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi vatandoshlar hamkorligida O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasining 10 yilligi keng nishonlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Unda AQShning yirik shtatlarida istiqomat qiluvchi 250 nafardan ortiq vatandosh, mahalliy aholi va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan tashkilotchilar ishtirokchilarni Navro‘z bilan tabriklab, ularni O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish hamda turli loyihalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Sumalak, ko‘k somsa, palov kabi bayram taomlari tayyorlanib, tadbir ishtirokchilarga ulashildi. Shuningdek, xalq hunarmandchiligi namunalari namoyishga qo‘yildi, O‘zbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Milliy kuy-qo‘shiqlar, go‘zal an’anaviy raqslar, o‘zbek maktabi bolalari tomonidan ijro etilgan rang-barang dasturlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

AQShda istiqomat qiluvchi ko‘plab vatandoshlar qo‘mita bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют