» » Rasman: “Bavariya” 80 mln yevro evaziga JCh—2018 chempionini o‘z safiga qo‘shib oldi

Rasman: “Bavariya” 80 mln yevro evaziga JCh—2018 chempionini o‘z safiga qo‘shib oldi


“Atletiko Madrid”ning fransiyalik himoyachisi Lukas Ernandes faoliyatini “Bavariya” klubida davom ettiradi. Bu haqda Myunxen klubining rasmiy saytida xabar berildi.

Myunxenliklarning 23 yoshli futbolchi bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnomasi 2019-yilning 1-iyulidan boshlab kuchga kiradi.

Madridliklar futbolchining transferidan 80 million yevro ishlab oladi. JCh—2018 chempionining “Bavariya”dagi yillik maoshi 13 million yevroni tashkil etadi va klubning eng ko‘p haq to‘lanadigan futbolchilaridan biriga aylanadi.

Ernandes transferi Germaniya va “Bavariya” tarixiga rekord sifatida kiradi. 2017-yilda myunxenliklar “Lion”dan Korenten Tolissoni 41,5 million yevro evaziga sotib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, Lukas Ernandes joriy mavsum La Liga doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют