» » Hindiston raketasi sun’iy yo‘ldoshni urib tushirdi

Hindiston raketasi sun’iy yo‘ldoshni urib tushirdi


Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Hindiston koinotni zabt etgan yirik mamlakatlar qatoriga qo‘shilganini e’lon qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

“Endi Hindiston koinotni zabt etgan yirik davlatlar qatoriga qo‘shildi. Hindistonda ishlab chiqilgan raketa 3 daqiqadan kam vaqt ichida Yerga yaqin bo‘lgan orbitada harakatlanayotgan sun’iy yo‘ldoshni urib tushirdi”, — dedi Modi Hindiston xalqiga qilgan murojaatida.

Bosh vazir ushbu voqeani tarixiy deb atadi, va shu vaqtga qadar faqat 3 mamlakat: Rossiya, AQSh va Xitoy bunday yutuqqa erishganini aytdi.

Hindistonda ishlab chiqarilgan raketa Yerdan 300 kilometr uzoqlikda harakatlanayotgan sun’iy yo‘ldoshni urib tushirgan. Endi ushbu raketalar ommaviy ravishda ishlab chiqariladi. Bosh vazir ushbu missiya hech qaysi mamlakatga qarshi qaratilmaganini hamda xalqaro konvensiya va shartnomalarga zid emasligini xabar qilgan.

Ma’lumot uchun – Hindiston 1947-yildan buyon o‘z koinot dasturini amalga oshirmoqda. Hukumat tomonidan tashqil qilingan maxsus tashkilot — ISRO ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan izlanishlar va raketa sanoatini yo‘lga qo‘yish ishlarini muvofiqlashtirib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют