» » Yel universiteti talabasi 1,2 mln dollar pora berganligi uchun o‘qishdan haydaldi

Yel universiteti talabasi 1,2 mln dollar pora berganligi uchun o‘qishdan haydaldi


Yel universitetiga qabul vaqtida bir talaba firibgarlik qilganligi uchun talabalar safidan chetlashtirildi. Xususan, talabaning ota-onasi uning sportdagi yutuqlarini soxtalashtirishga uringan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

Shuningdek, ota-onasi o‘g‘lining universitetga qabul qilinishi uchun yordam beradigan murabbiyga pul yuborishi kerak edi. Pora miqdori 1,2 million dollarni tashkil qilgan. Talabaning o‘qishga kirishdagi firibgarligi uchun talabalar safidan chiqarilishi nufuzli universitet tarixida birinchi marta sodir bo‘lgan.

Umuman olganda, taxminan 50 kishi Amerika elitasining farzandlariga yetakchi AQSh kollejlariga kirishga yordam berganligi uchun firibgarlikda ayblandi.

Ro‘yxatda soxta tavsiyanomalar beradigan sport murabbiylari, test natijalarini manipulyatsiya qilgan universitet rahbarlari ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, 33 nafar ota-ona farzandlarini universitetga qabul qilishni ta’minlash uchun jami 6,5 million dollar miqdorida pora berishda ayblanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют