» » “O‘zbekenergo” 3 ta aksiyadorlik jamiyatiga bo‘linadigan bo‘ldi

“O‘zbekenergo” 3 ta aksiyadorlik jamiyatiga bo‘linadigan bo‘ldi


“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq, “O‘zbekenergo” AJ bazasida:

Issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr markazlarini boshqaruvchi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati;

Tugatilayotgan “O‘zelektrtarmoq” UK va “Energosotish” filiali negizida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati;

Elektr energiyani yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi.

“O‘zbekenergo” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan aktivlari va ulushlari 2019—2021-yillar davomida belgilangan tartibda sotish maqsadida balans qiymati bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.

Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha komissiya ishchi organi sifatida Energetika vazirligi qoshida Loyiha ofisi tashkil etiladi. Loyiha ofisi faoliyatiga elektr energetika tarmog‘ini isloh qilish sohasidagi xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda mutaxassislarni jalb etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют