» » Sud Argentinaning sobiq prezidentini ozodlikdan mahrum qilish jasoziga hukm qildi

Sud Argentinaning sobiq prezidentini ozodlikdan mahrum qilish jasoziga hukm qildi


27-mart kuni sud Argentinaning sobiq prezidenti Karlos Menemni uch yil-u to‘qqiz oy qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

U Buenos-Ayresdagi eng yirik ko‘rgazmalar majmuasi — Rural’ning xususiylashtirilishi davomida yo‘l qo‘ygan qonunbuzarliklarda aybdor deb topilgan. 1991-yili Rural majmuasi o‘zining haqiqiy narxidan salkam to‘rt baravar arzon — 30 million dollarga sotilgan.

88 yoshli Menemga davlat lavozimlaridan umrbod chetlatilgan. Shu bilan birga, sobiq iqtisodiyot vaziri Domingo Kavalyo ham uch yarim yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum etilgan.

2013-yilning yozida Menam 90-yillarda Xorvatiya va Ekvadorga qurol kontrabandasi bilan bog‘liq ishi uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Biroq, o‘sha paytda senator bo‘lganligi uchun jazoni o‘tash 2018-yilda bekor qilingan. Argentina federal sudi Menemdan bu ayblovni olib tashlagan. Sobiq prezidentning o‘zi esa qurol-yarog‘larning noqonuniy olib kirilishiga aloqador emasligini ta’kidlagan.

Karlos Menem Argentinada 1989—1999-yillarda prezidentlik qilgan.

Mavzuga doir: Argentinaning sobiq prezidenti 10 yilga qamalishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют