» » O‘zbekistonda dam olish kunlari o‘tkazilgan umumxalq hasharida 22 mln kishi qatnashdi

O‘zbekistonda dam olish kunlari o‘tkazilgan umumxalq hasharida 22 mln kishi qatnashdi


Mart—aprel oylari O‘zbekistonda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi deb e’lon qilingan. O‘zA axborotiga ko‘ra, oylik doirasida 11—12-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondidan ma’lum qilishlaricha, umumxalq xayriya hashari mamlakatning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda ko‘tarinki ruhda o‘tgan. O‘zAning xabar berishicha, unda 22 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan.

Hashar kunlari 48 ming gektardan ziyod maydonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. 32 ming kilometr ariq-zovurlar, lotoklar tozalanib, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltirilgan.

Bundan tashqari, hashar kunlarida qariyb 22 million tup daraxtga shakl berilib, oqlangan. 24 million tup mevali, manzarali daraxt ko‘chati, 17 million tup gul ekilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют