» » Rasman: Sulsher “Manchester Yunayted”ning to‘laqonli bosh murabbiyi etib tayinlandi

Rasman: Sulsher “Manchester Yunayted”ning to‘laqonli bosh murabbiyi etib tayinlandi


“Manchester Yunayted” Ole-Gunnar Sulsherni bosh murabbiy sifatida tasdiqladi. Bu haqda klubning rasmiy saytida e’lon qilindi.

46 yoshli mutaxassis Angliya klubini dekabr oyidan beri boshqarib kelayotgandi. Uning shartnomasi mavsum oxiriga qadar deb belgilangandi.

Norvegiyalikning “Yunayted” bilan tuzgan yangi shartnomasi 3 yilga mo‘ljallangan.

Joze Mourinyo bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilgandan so‘ng “qizil iblislar” Sulsher qo‘l ostida 19 ta uchrashuv o‘tkazdi. Shundan 14 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 ta o‘yinda durangga imzo chekdi va 3 ta bellashuvda esa mag‘lubiyatga uchradi.

“Mankunianlar” Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida PSJni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Biroq Angliya Kubogi 1/4 finalida “Vulverhempton”ga imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Angliya chempionatida 31-turdan so‘ng 58 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют