» » Figu: Ramos “Oltin to‘p”ga munosib

Figu: Ramos “Oltin to‘p”ga munosib


“Real” sobiq yarim himoyachisi Luish Figu Madrid klubi sardori Serxio Ramosni “Oltin to‘p”ga munosib deb hisoblaydi.

“Serxio Ramos, shubhasiz, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga loyiq. Himoyachi, shuningdek, darvozabon mazkur mukofotga ega chiqishi qiyin bo‘lsa-da, Fabio Kannavaro bunga erishgan. Buning barchasi ayni damdagi vaziyat va mavsumga bog‘liq. Agar faqat yuqori saviyadagi daraja baholanadigan bo‘lsa, Ramos ushbu mukofotni qo‘lga kiritishi kerak”, — deya portugaliyalikning so‘zlarini keltiradi Marca.

Shu vaqtga qadar “Oltin to‘p” faqatgina 4 nafar himoyachiga berilgan: Frans Bekkenbauer (ikki marta), Mattias Zammer, Lotar Matteus va Fabio Kannavaro. 2000-yilda esa Luish Figu ushbu sovringa loyiq deb topilgan.

Ramos Ispaniya chempionatining 26 ta o‘yinida 6 ta gol urdi (5 tasini penaltidan kiritgan) va bitta golli uzatma berdi. Bundan tashqari uning hisobida 5 ta sariq va bitta qizil kartochka mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют