» » O‘zMU professori Napoleon I tomonidan ta’sis etilgan orden bilan taqdirlandi

O‘zMU professori Napoleon I tomonidan ta’sis etilgan orden bilan taqdirlandi


O‘zbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori, fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri, “O‘zbekiston—Fransiya” do‘stlik jamiyatining ijrochi direktori Raxima Shirinova Fransiya hukumati tomonidan “Palmes Academique” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Fransiya hukumatining “Palmes Academique” ordeni 1808-yil 19-martda imperator Napoleon I tomonidan ta’sis etilgan va ilk bor Parij universiteti akademigi hamda professorlari ushbu orden bilan taqdirlangan. Mazkur orden Fransiya hukumati tomonida fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Orden nomzodlari Fransiya ta’lim vazirligi va Palmes Academique ordeni kengashi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi. Kengash qarori bilan nomzodlar ro‘yxati Fransiya Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Raxima Shirinova 26 yildan buyon universitetda faoliyat olib borish jarayonida fransuz tilini o‘qitish, fransuz tilini targ‘ib qilish, fransuz tilida darslik, o‘quv qo‘llanma va lug‘atlar yaratish kabi ishlari bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. 120 dan ortiq ilmiy maqolalari fransuz va o‘zbek tarjimachiligi tadqiqoti hamda badiiy tarjima tahliliga bag‘ishlangan. Oxirgi yillarda ketma-ket davlat grantlarida ham fransuzcha-o‘zbekcha audiovizual va vizual lug‘atlar yaratish kabi innovatsion loyihalarga rahbarlik qilmoqda.

Ayniqsa, “O‘zbekiston—Fransiya” do‘stlik jamiyatining ijrochi direktori sifatida fransuz madaniyatini O‘zbekistonda va o‘zbek madaniyati va tilini Fransiyada targ‘ib qilishdek xayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba til va adabiyot yo‘nalishidagi universitetlardan biri Sorbon Nuvel Parij 3 universitetining O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tashrif doirasida Raxima Shirinova Toshkentdagi Fransuz Alyansi va Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universitetlarida uchrashuv, seminar va Master klasslar tashkillashtirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют