» » Sherzod Shermatov: Innovatsiya haqida gapirishdan oldin maktablardagi ichimlik suvi muammosini hal qilishimiz kerak

Sherzod Shermatov: Innovatsiya haqida gapirishdan oldin maktablardagi ichimlik suvi muammosini hal qilishimiz kerak


O‘zbekistondagi maktablarning to‘rtdan birida suv yo‘q. Mingdan ziyod maktab hamon “burjuyka” pech orqali isitiladi. Bu haqda 26-mart kuni O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ishtirokida “O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, maktablardagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish maqsadida hozirda O‘zbekistondagi barcha maktablar xatlovdan o‘tkazilmoqda.

“Hozirda butun respublikadagi maktablar xatlovdan o‘tkazilmoqda. Xatlov natijasida maktablardagi muammolar ko‘zga tashlandi. Bular qanday muammolar? Masalan, maktablarning juda katta qismida suv yo‘q, oddiy ichimlik suvi yo‘q. Biz innovatsiya, zamonaviy texnikalar haqida gapirayotganimiz yo‘q. Eng zaruriy—ichimlik suvi haqida gapiryapmiz. Prezidentimiz ham so‘nggi ikki yil davomida hududlarga toza ichimlik suvi olib borish haqida gapirmoqda. Birinchi aholini qiynaydigan muammo shu suv. So‘nggi ikki yil ichida ushbu muammoni hal qilish uchun samarali ishlar qilindi.

Keyingi masala qish mavsumida maktablarni isitish. Aksariyat maktablar qish paytida ko‘mir yordamida isitiladi. Bu esa o‘quvchilarning is gazidan zaharlanishiga olib kelmoqda.

Navbatdagi masala maktablar moddiy-texnika bazasini yaxshilash. Shuncha payt davomida asosiy e’tibor litsey va kollejlarga berib kelingan. Ko‘p maktablar ta‘mirtalab bo‘lib qolgan.

O‘zbekistondagi maktablarning to‘rtdan birida suv yo‘q. Mingdan ziyod maktab hamon “burjuyka” pech orqali isitiladi. Chegara hududlarda joylashgan maktablarda xavfsizlik nol darajada. Biz hali robototexnika yoki kosmosga uchish haqida gapirmay qo‘ya qolaylik, avval maktablardagi toza suv va isitish muammosini hal etib olaylik”, – deydi Sherzod Shermatov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют