» » Buxoroda tug‘ilgan Shavkat, Miromon va Mirziyoning onasiga “Farzandnoma” kitobi sovg‘a qilindi (foto)

Buxoroda tug‘ilgan Shavkat, Miromon va Mirziyoning onasiga “Farzandnoma” kitobi sovg‘a qilindi (foto)


25-mart kuni Buxoroda dunyoga kelgan uch egizak — Shavkat, Miromon va Mirziyoning onasi Mahliyo Azimovaga Obiddin Mahmudov qalamiga mansub “Farzandnoma” kitobi topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, “Farzandnoma” kitobi, ertaklar jamlanmasi, shuningdek, milliy o‘yinchoqlarni Buxoro viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Samiyeva tomonidan sovg‘a qilindi.

Viloyat Perinatal markazi direktori Nasiba Bahronovaning so‘zlariga ko‘ra, egizaklar sog‘lom tug‘ilgan. Shavkat 2 kg 475 gramm, Miromon 2 kg 675 gramm, Mirziyo 2 kg 970 gramm vazn bilan tug‘ilgan.

Sherzod O‘rinov va Mahliyo Azimovalarning egizaklardan tashqari 4 yoshli qizi ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Qo‘qon shaharlarida tug‘ilgan Shavkat, Miromon, Mirziyo ismli egizaklarning otasiga Cobalt, Paxtaobod va Chiroqchi tumanlarida tug‘ilgan egizaklarning otasiga Spark mashinalari sovg‘a qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют