» » Davlat soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan izoh berdi

Davlat soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan izoh berdi


27-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor go‘yoki soliq organlari xodimiga tanbeh berayotgani aks etgan video tarqaldi, deyiladi Davlat soliq qo‘mitasi xabarida.

Qo‘mita ushbu videoyozuv qahramoni Murodjon Egamberdiyev soliq organlari vakili emasligini rasman ma’lum qiladi. U Uchtepa tumani hokimligi iqtisodiy bo‘limi xodimidir.

Ma’lum bo‘lishicha, u mahalliy hokimliklar qoshida shaffoflikni ta’minlash va halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq organlariga ko‘mak sifatida tuzilgan jamoatchilik guruhlari faoliyati doirasida ish ko‘rgan.

Vaziyat yetarlicha o‘rganilmasdan, ushbu videorolik ijtimoiy tarmoqlarda omma e’tiboriga havola qilindi, bu esa soliq organlari obro‘siga salbiy ta’sir yetkazdi, deyiladi xabarda.

Yolg‘on ma’lumot taqdim etish, tuhmat javobgarlikni keltirib chiqarishi eslatib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, mamlakatda tadbirkorlik uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratilmoqda, ammo bu hamma narsaga yo‘l qo‘yilishi mumkin, degani emas. Sotilgan mahsulot uchun chek talab qilishni har bir fuqaro o‘rganishi kerak. Bu, birinchi navbatda, fuqarolarning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish uchun zarurdir, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют