» » Xitoyda majburan tutib turilgan o‘zbekistonlik ayol uyiga qaytarildi

Xitoyda majburan tutib turilgan o‘zbekistonlik ayol uyiga qaytarildi


2019-yilning 26-mart kuni O‘zbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarosi Maftuna Xolmatovaning ushbu shahar tumanlaridan birida majburan ushlab turilganligi to‘g‘risida ma’lumot olib mahalliy politsiya hokimiyatiga rasmiy murojaat qildi. Natijada uning joylashgan manzili aniqlandi hamda u bilan konsullik xodimlari uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xabarida aytiladi.

Ushbu O‘zbekiston fuqarosining xabar berishicha, u 2018-yilning iyun oyida Namangan shahridagi nikoh agentligi vositasida XXR fuqarosi Yao Venxao bilan tanishadi hamda va’dalariga ishonib rasmiy nikohni qayd etgandan so‘ng Xitoyga turmush o‘rtog‘ining yoniga uchib ketadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetib borganidan buyon og‘ir ijtimoiy sharoitda yashagan, unga ovqat berishmagan, urishgan, tahqirlashgan hamda pasportini olib qo‘yishgan. U o‘ziga yetkazilgan aziyatlarga chidolmay bir necha marta qochishga uringan.

Politsiya bo‘limi boshlig‘i ham ishtirok etgan suhbatdan so‘ng O‘zbekiston fuqarosi Bosh konsulxonaga topshirilgan. 28-mart kuni Pekin shahri orqali uchgan aviareysda ayol Toshkentga yetib keldi.

Boshqa mamlakatlarda O‘zbekiston fuqarolari bilan sodir bo‘lgan bu kabi faktlar yagona emasligini inobatga olib, TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolariga uzoq muddatga xorijiy davlatga borganda O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik hisobida turishni hamda bu kabi va boshqa murakkab hayotiy vaziyatlarda ularga murojaat qilishni qat’iy tavsiya etadi. Bunday holatlarda milliy pasportni boshqa shaxslarga berish mumkin emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют