» » 29-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

29-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 29-mart uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12o iliq, kunduzi 13-15o iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8o iliq, kunduzi 13-18o iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12o iliq, kunduzi 15-20o iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12o iliq, kunduzi 13-18o iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15o iliq, kunduzi 13-18o iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12o iliq, kunduzi 13-18o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9o iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют