» » O‘zbekistonda 2018-yili hokimlarning 685 ta qarori sud tartibida bekor qilindi

O‘zbekistonda 2018-yili hokimlarning 685 ta qarori sud tartibida bekor qilindi


O‘zbekistonda 2018-yili hokimlarning 685 ta qarori sud tartibida bekor qilindi. Bu haqda jurnalistlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida Oliy sud raisi Kozim Komilov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

—O‘tgan yili hokimlarning 685 ta qarori haqiqiy emas deb topildi. Hokimlarning jami soniga bo‘ladigan bo‘lsak, o‘rtacha 3,4 tadan to‘g‘ri kelyapti. Bu nimadan dalolat beradi? Ularga hujjatlarni tayyorlab beradigan yuristlarni o‘qitishimiz kerak. Zarur bo‘lsa, hokimlarning o‘zini ham, — dedi Kozim Komilov.

Oliy sud plenum zalida Oliy sud, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi qoshidagi huquqiy jurnalistika kengashi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida o‘tkazilgan muloqot “Sudlar faoliyatida ochiqlik va oshkoralik prinsipini ta’minlashda OAVning o‘rni va roli” deb nomlandi. Videokonferensaloqa tartibida bo‘lib o‘tgan muloqotda hududlardagi jurnalistlar ham ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют