» » O‘zbekistonda 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi kasb malakasi diplomi beriladi

O‘zbekistonda 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi kasb malakasi diplomi beriladi


O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga (https://regulation.gov.uz) “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilariga kasb malakasi diplomini berish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Xalq ta’limi vazirining buyruq loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu buyruqqa asosan 11-sinf bitiruvchilarining o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida malaka talablarini bajargan, o‘quv-dasturlarida belgilangan bilimlarni o‘zlashtirgan o‘quvchilarga davlat namunasidagi kasb malakasi diplomi berilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra o‘quv-ishlab chiqarish majmuasini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchiga mehnat qilish huquqini beruvchi oddiy yoki a’lo darajali kasb malakasi diplomi beriladi hamda mazkur diplom bitiruvchining qaysi o‘quv-ishlab chiqarish majmualari kasb-hunar o‘rganishidan qat’iy nazar o‘zi ta’lim olayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan berilishi belgilangan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 10—11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualari:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют