» » Shotlandiya birinchi vaziri Britaniyadan mustaqillik masalasidagi ikkinchi referendumga tayyorgarlik boshladi

Shotlandiya birinchi vaziri Britaniyadan mustaqillik masalasidagi ikkinchi referendumga tayyorgarlik boshladi


Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Starjen kelasi hafta Buyuk Britaniyadan mustaqillik masalasida yangi referendum o‘tkazishga ruxsat berishni so‘rab Shotlandiya parlamentiga murojaat qiladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Starjenning so‘zlariga ko‘ra, referendum 2018-yil kuzidan 2019-yil bahorigacha bo‘lgan oraliqda — Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi jarayoni yakuniga yetguniga qadar o‘tkazilishi lozim.

Shotlandiyalik vazir Edinburgdagi chiqishi chog‘ida Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi masalasida yon berishlarga bormayotgani uchun Britaniya hukumatini tanqid ostiga oldi. Avvalroq Shotlandiya hukumati Angliya, Uels va Shimoliy Irlandiya Yevropa Ittifoqini tark etgan taqdirda ham, Shotlandiya umumiy Yevropa bozorining bir qismi bo‘lib qolishini nazarda tutadigan variantni ko‘rib chiqishni taklif qilgan edi.

Starjenning so‘zlariga ko‘ra, u Buyuk Britaniya hukumati Shotlandiyadagi yangi referendumni to‘xtatib qo‘yadi, deb kutmayapti.

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi masalasida 2016-yil iyunida o‘tkazilgan referendumda britaniyaliklarning 52 foizi Brexit uchun ovoz bergan. Shotlandiyada esa aholining faqat 38 foizi bu qarorni ma’qullagan.

2014-yili Shotlandiyada hududning Buyuk Britaniya tarkibidan ajralib chiqishi masalasida referendum o‘tkazilgan. O‘shanda shotlandiyaliklarning 55 foizi Birlashgan Qirollik tarkibida qolish uchun ovoz bergan edi.

Buyuk Britaniya 2017-yil mart oyi oxiriga qadar Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi jarayonini rasman boshlashi kutilmoqda. Bu jarayon taxminan ikki yil vaqt oladi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 151) ( 0) ( 149) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют