» » Google rahbari Trampni Xitoy emas AQSh harbiylariga sodiqligiga ishontirdi

Google rahbari Trampni Xitoy emas AQSh harbiylariga sodiqligiga ishontirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp 27-mart kuni Google bosh direktori Sundar Pichay bilan uchrashdi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Google prezidenti Sundar Pichay bilan uchrashdim, u Xitoy armiyasiga emas, balki AQSh harbiylariga sodiqligini ma’lum qildi”, — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

U shuningdek, uchrashuvda kompaniya mamlakat uchun qilishi mumkin bo‘lgan turli masalalar muhokama qilindi.

“Uchrashuv juda yaxshi yakunlandi”, — deydi AQSh Prezidenti.

Pichay shuningdek AQSh Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general Jozef Danford bilan uchrashib, Google’ning Xitoydagi operatsiyalari hamda Pentagonga ishlashni istamasligi haqida suhbatlashishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti Google’ni Xitoy harbiylariga yordam berayotganlikda ayblagan.

“Google AQShga emas, Xitoyga va uning qo‘shinlariga yordam beradi!” — deb yozgan u Twitter’ga 17-mart kuni.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют