» » O‘zbek qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini to‘satdan tekshirish davom etmoqda. Bo‘linmalar nazorat sinovlarini topshirmoqda (foto)

O‘zbek qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini to‘satdan tekshirish davom etmoqda. Bo‘linmalar nazorat sinovlarini topshirmoqda (foto)


26-mart kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini majmuaviy tekshirish boshlangan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mashg‘ulotlar davomida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari “Muborak” va “Nuriston” umumqo‘shin dala-o‘quv maydonlariga, shuningdek, havo va yer orqali mahalliy notanish hududlarga tashlangan.

Bundan tashqari jangovar mashg‘ulotlarga Markaziy harbiy okrugga qarashli ayrim bo‘linmalar ham jalb etilgan bo‘lib, ular Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining asosiy kuchlariga jangovar ko‘mak berish maqsadida harbiy texnikalar orqali marshni amalga oshirgan va belgilangan hududga joylashgan.

28-mart kuni harbiy xizmatchilar hamda bo‘linmalar tomonidan jangovar tayyorgarlik fanlari bo‘yicha nazorat-tekshiruv mashg‘ulotlaridan sinovlar topshirishi boshlangan.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligi va birligini tahlil qilish hamda baholashdan, harbiy qismlar, texnika va qurol-aslahalarning o‘quv-jangovar vazifalarni bajarishga shayligini tekshirishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют