» » Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi


Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) 10-aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

O‘zbekistonlik bokschi shu kuni amerikalik Donni Palmerga (10 ta g‘alaba, 2 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 9 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi. 8 raunddan iborat bo‘lgan mazkur jang Nyu-Yorkdagi “Sony Hall” saroyida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni Bahodir Jalolov so‘nggi jangini amerikalik boshqa bir bokschi Villi Harviga (3 ta g‘alaba, 2 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 3 ta nokaut) qarshi o‘tkazib, uni ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют