» » Xorazmdagi Ogahiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab joriy yildan o‘quvchilarni qabul qilishni boshlaydi

Xorazmdagi Ogahiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab joriy yildan o‘quvchilarni qabul qilishni boshlaydi


Xiva shahrida tashkil etiladigan Ogahiy nomidagi maktab-internat ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitish hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtiriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur ijod maktabi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga kiritilib, 2019—2020-o‘quv yilida maktabning 5—8-sinflariga hamda 2020—2021-o‘quv yilidan boshlab 5-sinfga 30 nafardan o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi.

Xalq ta’limi vaziri ijod maktabining moddiy-texnik bazasi, imkoniyatlari, pedagog kadrlarning salohiyati hamda mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va adabiyot, xorijiy tillar bo‘yicha test hamda ijodiy tanlov o‘tkaziladi. Shuningdek, mazkur ta’lim maskaniga oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan iqtidorli pedagoglar jalb etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют