» » “Agrobank” rahbariyati navqiron avlod vakillariga kitoblar tuhfa etdi

“Agrobank” rahbariyati navqiron avlod vakillariga kitoblar tuhfa etdi


Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgandi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz har bir rahbar o‘z shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bunday ezgu tashabbus kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qilishi, farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tgan edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan kitob sovg‘a qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda “Agrobank” ATB boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi R.Mamatqulov o‘zi o‘qigan maktabda bo‘lib, kitoblar to‘plamini tuhfa etdi.

Bugun yoshlarni kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va shu orqali ma’naviy dunyosini boyitish, ona-Vatanni sevish, sadoqat tuyg‘ularini shakllanishiga, shuningdek, bunyodkorlik g‘oyalarini yuzaga chiqarishdek ezgu ishlarni o‘zida mujassam etayotganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Ushbu xayrli tashabbus bolalarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi, kitobga mehrini yanada oshirib, ularning gap-so‘zi, yuz ifodasida yaqqol aks etishi shubhasiz. Bularning barchasi yosh kitobxonlar safining ortishi, navqiron avlodning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksalishi, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborning kuchayishiga xizmat qiladi.

Zero, kitob – qalblarni yorituvchi nur, tafakkurni boyituvchi xazina, kamolot cho‘qqisi va ma’naviy komillikka yetaklovchi hamrohdir.

“Agrobank” ATB matbuot xizmati

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram

Instagram

Facebook 

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют