» » Samarqandda yog‘gan yomg‘ir oqibatida bir qator ko‘chalarda suv toshqini yuzaga keldi (foto)

Samarqandda yog‘gan yomg‘ir oqibatida bir qator ko‘chalarda suv toshqini yuzaga keldi (foto)


Bugun, 29-mart erta tongdan Samarqand shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida bir qator ko‘chalarda suv toshqini yuzaga kelgan.

“Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, soat 3:00 atrofida yog‘ishni boshlagan yomg‘ir natijasida Samarqand shahridagi Shohizinda, Registon, Sadriddin Ayniy, Mir Said Baraka, Ibn Sino, Ro‘dakiy ko‘chalarida suv to‘planib qolgan.

“Daryo”ga yuborilgan ma’lumotga ko‘ra, kuchli yomg‘ir natijasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yotoqxonasi ham suv bosgan.

Ayni paytda yuzaga kelgan holatni bartaraf etish maqsadida Samarqand shahar hokimligi va obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют