» » Samarqanddagi “Qoraqo‘ton” tog‘ konidan ruda toshlarini talon-taroj qilgan 3 kishi qamaldi

Samarqanddagi “Qoraqo‘ton” tog‘ konidan ruda toshlarini talon-taroj qilgan 3 kishi qamaldi


3-mart kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani Ziyovuddin temir yo‘l bekati atrofida mazkur tumanda yashovchi, vaqtincha ishsiz 1997-yilda tug‘ilgan Norbek Mansurov, 1990 yilda tug‘ilgan Eldor Xodjiyev, 1993-yilda tug‘ilgan Xoliqul Xo‘jayev “Qoraqo‘ton” tog‘ konidan 60 kg qimmatbaho ruda toshlarni talon-taroj qilayotganligi aniqlangan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Samarqand viloyati IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida 60 kg ruda toshlarida 2,2 gramm oltin borligi ma’lum bo‘lgan.

Paxtachi tuman ma’muriy sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60 (Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish), 61 (Oz miqdorda talon-toroj qilish), 194-modda (Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik )lari qo‘llanilib, ularning har birlariga nisbatan 12 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют