» » O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” ham Eron klubiga qarshi hech narsa qila olmadi va 2 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” ham Eron klubiga qarshi hech narsa qila olmadi va 2 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘ldi


Osiyo Chempionlar ligasining “A” guruhida kurash olib borayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi 3-turni Eronda o‘tkazib, “Istiqlol” klubiga imkoniyatni boy berdi — 0:2.

Mezbonlar har ikki bo‘limda 1 tadan gol urib, ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi. Bir tur avval Tehron klubi Saudiyaning “At-Taavun” klubi ustidan 3:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, guruh bosqichini Amirliklarda “Al-Ahli”dan yengilish bilan boshlagandi — 1:2.

“Lokomotiv” esa aksincha, “At-Taavun” maydonidan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytgan bo‘lib, o‘z uyida “Al-Ahli”ni taslim qilgandi — 2:1.

“Lokomotiv” o‘tgan mavsum Chempionlar ligasining chorak finaliga qadar yetib borgan bo‘lib, guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgandi: 2 ta g‘alaba va 4 ta durang. Joriy mavsumda esa 3 ta o‘yinning 2 tasida yengilib ulgurdi.

“Lokomotiv” ikkinchi davradagi ikki uchrashuvni Toshkentda o‘tkazadi hamda o‘zini mag‘lub etgan Saudiya va Eron klublaridan revansh olishga urinib ko‘radi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“A” guruhi. 3-tur
13-mart, dushanba

Gollar: Farshid Ismoiliy, 37 (1:0). Ali Gurbaniy, 83 (2:0).

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov — Shuhrat Muhammadiyev, Bobur Yo‘ldoshev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Kaxi Maxaradze, Timur Kapadze (Nyore Krizo, 66), Marat Bikmayev, Salamat Qutiboyev (Quvondiq Ro‘ziyev, 80), Sardor Mirzayev (Murod Bobojonov, 89), Jaloliddin Masharipov.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют