» » Samarqandda yomg‘irdan hosil bo‘lgan toshqinlar bartaraf etilmoqda (fotoreportaj)

Samarqandda yomg‘irdan hosil bo‘lgan toshqinlar bartaraf etilmoqda (fotoreportaj)


Samarqandda bugun, 29-mart kuni soat 3:00 atrofida boshlangan yomg‘ir yog‘ishi oqibatida shaharning bir qator ko‘chalarida toshqin yuzaga keldi. Suv toshqinlarini bartaraf etish maqsadida Samarqand shahar hokimligi va obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, ko‘chalardagi suvni bartaraf etish maqsadida 300 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlari jalb etilgan. Ular ariqlar va suv to‘planib qolgan joylarda tozalash ishlarini olib bormoqda.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, toshqinni bartaraf etish uchun shahar hokimligi tomonidan 30 dan ortiq texnika, 6 ta vodovoz, 4 ta traktor, 7 ta samosval va 1 ta kran jalb etilgan.

— Yomg‘ir natijasida suv to‘planib qolgan Samarqand shahridagi Shohizinda, Registon, Ibn Sino, Rudakiy, Gulobod, Sadriddin Ayniy, Mir Said Baraka ko‘chalardagi ariqlar to‘liq muntazam ravishda tozalanib borilmoqda, — deydi Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Bobur Aliyev. — Xodimlarimiz ertalab soat 4:30 dan boshlab ko‘chalardagi toshqinni bartaraf etishga kirishgan.

Samarqand shahar hokimligi ushbu noqulaylik uchun shahar aholisi va mehmonlardan uzr so‘ragan. Hozirda hokimiyat huzurida tezkor shtab tashkil etilgan. Ayni paytda shaharning Buyuk ipak yo‘li, Dahbet va Registon ko‘chalari chorrahasida sohaviy xizmatlar xodimlari tomonidan suv yo‘llarini ochish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, shaharning boshqa ko‘chalarida ham suv toshqinlarining oldini olish va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Shaharning Kurchatova ko‘chasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qutqaruv-yordam ishlari amalga oshirilmoqda.

Rudakiy ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ko‘chasida yuk mashinasi botib qolgan. Hozirda ushbu yuk mashinasini chiqarish ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют