» » “Real”da katta o‘zgarishlar bo‘ladi, buni Zidan xohlamoqda

“Real”da katta o‘zgarishlar bo‘ladi, buni Zidan xohlamoqda


Zinedin Zidan mavsum oxirida “Real” tarkibi bilan jiddiy shug‘ullanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.

Madrid jamoasi “Portu” himoyachisi Militaoni sotib oldi, u yozda klub tarkibiga kelib qo‘shiladi. Ammo boshqa bir muammo paydo bo‘ldi — Rafael Varan klubdan ketishni o‘ylamoqda. Agar shunday bo‘lsa, “Qirollik klubi” o‘zgarishlar qilishi lozim. Shunga qaramay, fransiyalik markaziy himoyachiga ega bo‘lish istagida bo‘lgan istalgan klub ancha-muncha ter to‘kishi kerak bo‘ladi.

Zidan markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi: klub Mateo Kovachichni qaytarmoqchi emas, bundan tashqari fransiyalik mutaxassis Markos Lyorentega unchalik ishonch bildirmayapti. Shu sababli Madrid klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba va “Lion” a’zosi Tangi Ndombelega qiziqish bildirmoqda.

Iskoning “Real”dan ketishi istisno qilinmadi: birinchidan, u Madrid klubi rahbariyatining jahlini chiqardi. Ikkinchidan, esa o‘zining tartibsizligi bilan jamoadoshlari ishonchini yo‘qotdi. Agarda yaxshigina taklif tushsa, klub buni ko‘rib chiqishi mumkin.

Zidan “Real” hujum chizig‘idagi Top-futbolchilar bilan shartnoma tuzishini xohlamoqda. 46 yoshli mutaxassis uchun eng ajoyib variant — PSJ hujumchisi Kilian Mbappe. U yosh iqtidor egasini Madridga olib kelish niyatida, biroq mazkur transfer borasidagi muzokaralar hozircha muvaffaqiyatli amalga oshmayapti. Shuning uchun, klub “Chelsi” hujumchisi Eden Azar bilan shartnoma imzolashni ko‘zlamoqda. Aytgancha, “Real”ning Neymarga bo‘lgan qiziqishi hozirga kelib so‘nib bo‘lgan.

Garet Beyl borasida esa madridliklar futbolchini sotish bo‘yicha eng maqbul variantlarni ko‘rib chiqmoqda, bundan tashqari mazkaziy hujumchi ham qidirmoqda.

Avvalroq “Real” sport direktori Luka Yovich hamda Miralem Pyanichning agentlari bilan uchrashgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

 Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют