» » Buxoroda tug‘ilgan Shavkat, Miromon va Mirziyoning otasiga Prezident nomidan Cobalt sovg‘a qilindi (foto)

Buxoroda tug‘ilgan Shavkat, Miromon va Mirziyoning otasiga Prezident nomidan Cobalt sovg‘a qilindi (foto)


Buxoroda tug‘ilgan uch egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning otasiga O‘zbekiston Prezidenti nomidan Cobalt mashinasi sovg‘a qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Sherzod O‘rinov va Mahliyo Azimovaning oilasida 25-mart kuni uch egizak tug‘ilgandi. Ularga Prezident Shavkat Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari berildi.

29-mart kuni egizaklarning ota-onasiga Prezident nomidan Cobalt avtomashinasi va 3 ta bolalar aravachasi topshirildi.

Mashina Navoiydan keltirildi va “O‘zmaxsussuvqurilish” DUKda haydovchi bo‘lib ishlaydigan Sherzod O‘rinov nomiga rasmiylashtirib berildi.

Hozirda ona va bolalarning ahvoli yaxshi. Ular shifokorlar Nasiba Ramazonova, Samiya Latipova va Zilola Sharipovalar nazoratida bo‘lib turibdi.

Sherzod O‘rinov va Mahliyo Azimovalarning egizaklardan tashqari 4 yoshli qizi ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 27-mart kuni Buxoro viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Samiyeva egizaklarning onasi Mahliyo Azimovani tabriklab, unga kitob va o‘yinchoqlar topshirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют