» » O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi kursanti sambo bo‘yicha Jahon kubogida ikkinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi kursanti sambo bo‘yicha Jahon kubogida ikkinchi o‘rinni egalladi


Moskva shahrida joylashgan “Lujnikov” Kichik arenasida “A.A. Xarlampiyev memoriali” nomi ostida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi kursanti Bekzod Nurmatov ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu chempionatda dunyoning turli davlatlaridan kelgan 250 dan ortiq sportchi ishtirok etgan. O‘zbekiston tema jamoasi tarkibida 82 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Bekzod Nurmatov finalda rossiyalik raqibi Aslanbek Kodzayevni mag‘lub qilgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi ikkita oltin, oltita kumush hamda beshta bronza bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют