» » Qashqadaryodagi qishloqlarga sel keldi (video)

Qashqadaryodagi qishloqlarga sel keldi (video)


Kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlaridagi qishloqlarga sel kelgan. Bu holatlardan biri aks etgan videoni hududda yashovchi fuqarolardan biri UZ24’ga yo‘lladi. Tabiiy ofat Kitob tumani Doniyor Shayx qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Kuchli sel yo‘llarni yuvib ketgan.

Hozircha talafotlar va jabrlanuvchilar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 27—30-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirib, tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga va favqulodda holatlar yuzaga kelganida 1050 telefon raqami orqali murojaat qilishga chaqirgandi.

Ayni paytda Samarqandda kuchli yomg‘ir oqibatida bir qator markaziy ko‘chalar suv ostida qolgan. Shaharda yomg‘irdan hosil bo‘lgan toshqinlar bartaraf etilayotgani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют