» » Shavkat Mirziyoyev Vobkent tumanidagi “Ekvatorial Chodak group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Vobkent tumanidagi “Ekvatorial Chodak group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev Vobkent tumanidagi “Ekvatorial Chodak group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uzoq yillar foydalanilmay turgan bino Milliy bankning 3 million dollar imtiyozli krediti hamda loyiha tashabbuskorlarining 2 million dollar miqdoridagi mablag‘i evaziga qayta tiklandi. Yaponiya, Italiya, Turkiya va Xitoydan besh yuzdan ziyod zamonaviy tikuv mashinasi hamda dastgohlar o‘rnatilib, yiliga 1,5 million donagacha jinsi shim ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda korxonada 500 nafarga yaqin xotin-qiz mehnat qilmoqda.

Davlat rahbari texnologik jarayonlar bilan tanishib, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi. Korxona ishchilari bilan muloqot qildi.

Yaqinda bu yerda poyabzal ishlab chiqarish korxonasi ham ishga tushirildi. Italiyaning zamonaviy uskunalari o‘rnatilib, yiliga 600 ming donagacha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Loyiha quvvatlari to‘la o‘zlashtirilgach, ishchi-mutaxassislar soni qariyb ming kishiga yetadi.

Shu yerda kelgusida korxona faoliyatini yanada kengaytirish, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalari haqida ma’lumot berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют