» » Baxmaldagi Chorshanba va Payshanba dehqon bozorlari Oliy Majlis senatorlari va deputatlari tanqidiga uchradi

Baxmaldagi Chorshanba va Payshanba dehqon bozorlari Oliy Majlis senatorlari va deputatlari tanqidiga uchradi


Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bo‘lgan Oliy Majlis senatorlari va deputatlari hududdagi bozorlar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, tumandagi bozorlar qonunchilikda belgilangan talablarga javob bermaydi. Xaridor va sotuvchi uchun sharoitlar to‘liq yaratib berilmagan.

“Ayniqsa, Chorshanba dehqon bozori, Payshanba dehqon bozori ahvolini yaxshi deb bo‘lmaydi. Ya’ni, bozor aholiga savdo xizmatini ko‘rsatish yuzasidan qo‘yiladigan talablarga javob bermaydi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Payshanba dehqon bozorining savdo rastalari va bozor atrofi sanitariya talablariga zid holatda. Bozordan tashqarida oziq-ovqat, baliq, tovuq, non mahsulotlari, ho‘l va quruq meva, sabzavotlar aralashgan holda, sanitariya talablarini buzgan holda savdo qilinmoqda.

Har bir dehqon bozorida olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining ekspress-analiz laboratoriyalarini tashkil qilinishi, tegishli sertifikat berilishi va tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan mahsulotlarning sotilishini taqiqlanishi haqidagi qonunchilik talablari buzib kelinmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 22:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют