» » Samarqanddagi kuchli yomg‘ir tufayli bir nechta uylar suv ostida qoldi (video)

Samarqanddagi kuchli yomg‘ir tufayli bir nechta uylar suv ostida qoldi (video)


29-mart erta tongdan Samarqandda yog‘ayotgan yomg‘ir shahardagi ko‘plab ko‘chalarga toshqinni yuzaga keltirdi. Tinimsiz yomg‘ir natijasida ayrim mahallalardagi aholi yashayotgan uylarda ham bir qator muammolarni keltirib chiqargan.

“Daryo” mushtariylaridan biri Samarqand shahridagi “Fidoyilar” mahallasida yomg‘ir natijasida 30 tadan ortiq xonadonni suv bosganini ma’lum qildi. Xabarga video ham ilova qilingan.

“Ertalabdan beri mahalla raisi hamma yerga telefon qilib chiqdi. Hech kim ulgurmayapti”, — deb izoh yozib yuborgan “Daryo” o‘quvchisi.

Shuningdek, Samarqand shahridagi Maroqand ko‘chasidagi xonadonlardan birining ichigacha suv kirib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahar hokimligi suv toshqini tufayli yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘radi. Ayni vaqtda yomg‘irdan hosil bo‘lgan toshqinlarni bartaraf etish davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют