» » O‘zbekistonda havo haroratining o‘sishi global o‘sishdan 2 marta yuqori

O‘zbekistonda havo haroratining o‘sishi global o‘sishdan 2 marta yuqori


O‘zbekiston hududida havo haroratining o‘sish sur’atlari global o‘sishdan ikki marotaba baland. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet”) axborotlariga tayanib, BMT Taraqqiyot Dasturi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kechki ayozlar, iliq to‘lqinlar, do‘l, kuchli shamollar, qurg‘oqchilik kabi ekstremal havo hodisalarini Qoraqalpog‘iston hududida takrorlanib turish darajasi yuqori.

Shu bois BMT Taraqqiyot Dasturi “O‘zgidromet” bilan birgalikda Iqlim o‘zgarishi haqidagi BMTning Hadli konvensiyasi Adaptatsiya fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qurg‘oqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasini amalga oshirish doirasida Qoraqalpog‘istondagi fermer va dehqon xo‘jaliklarini iqlim o‘zgarishi oqibatlariga chidamliligini oshirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.

Xususan, O‘zbekistonning turli hududlarida joriy yilning 10—17-mart kunlari mobaynida bo‘lib o‘tadigan iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan turkum tadbirlar tashkil etilmoqda.

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonda meteorologik kuzatuv tarmoqlarini avtomatlashtirish uchun sotib olingan maxsus uskuna hududda iqlim holatini nazorat qilishning texnik jihatlarini hal etishga yordam beradi.

Uni o‘rnatish ishlari 25-martdan 20-aprelgacha Nukus, Mo‘ynoq, Chimboy, Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot, Ellikqal’a va Xo‘jaylida olib boriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют