» » Avstriya Yevropada birinchi bo‘lib 5G aloqa tarmog‘ini ishga tushirdi

Avstriya Yevropada birinchi bo‘lib 5G aloqa tarmog‘ini ishga tushirdi


Germaniyaning Deutsche Telekom konserniga qarashli Avstriyaning T-Mobile kompaniyasi Yevropada birinchi bo‘lib 5G — beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘idan tijoriy foydalanishni yo‘lga qo’ydi. Beshinchi avlod aloqa tarmog‘i hozircha 17 ta qishloq hududini qamrab oldi. 5G texnologiyasi 2025-yilgacha mamlakatning barcha foydalanuvchilariga tarqatiladi. Bu haqda 29-mart, juma kuni “Korrespondent.net” xabar beradi.

Ta‘kidlanishicha, kompaniyaning asosan Avstriya qishloq joylarida yashovchi 200 abonenti yangi avlod aloqa tarmog‘ining eksklyuziv foydalanuvchilariga aylandi. Ular 100 Mbit/s dan ortiq tezlikda internetda ishlash imkoniga ega bo‘ldi.

Rasmiylarining rejasiga ko‘ra, Avstriyada barcha internet foydalanuvchilari 2025-yilgacha 5G texnologiyasi tarmog‘i bilan ta’minlanadi.

Mart oyi boshlarida, Avstriya 5G — beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘i chastotasini auksion orqali yutib olib, Yevropada birinchi bo‘lib telekommunikatsiyaning yangi standartini joriy etishga muvaffaq bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют