» » La Liga. “Barselona” va “Atletiko” bugun, “Real Madrid” esa ertaga o‘ynaydi

La Liga. “Barselona” va “Atletiko” bugun, “Real Madrid” esa ertaga o‘ynaydi


29-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 29-tur o‘yinlariga start berildi.

Turning ilk uchrashuvida “Atletik Bilbao” “Jirona” maydoniga safar qildi.

Bellashuvda mezbon jamoa hujumchisi Kristian Stuanining 37-daqiqada kiritgan goliga “Atletik Bilbao” Inyaki Uilyams (53) hamda Raul Garsiyaning (59) gollari bilan javob qaytardi. Shu tariqa “Atletik” “Jirona” ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi.

30-mart, shanba kuni Ernesto Valverde qo‘l ostidagi “Barselona” klubi “Kamp Nou”da “Espanyol”ni qabul qiladi. To‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar musobaqaning 28-turida “Betis”ga qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

So‘nggi turda “Atletik Bilbao”ga mag‘lub bo‘lgan (0:2) Madridning “Atletiko” klubi safarda “Alaves” bilan bahs boylaydi. O‘yin tungi soat 00:45 da boshlanishi belgilangan. Ayni damda Diyego Simeone shogirdlari 56 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda bormoqda.

31-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan turning oxirgi uchrashuvida Zinedin Zidan boshqaruvidagi “Real Madrid” jamoasi o‘z maydonida “Ueska”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv soat 00:45 da start oladi. Ma’lumot uchun, “Qirollik klubi” 28-turda “Santyago Bernabeu”da kechgan o‘yinda “Selta”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (2:0).

28-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

29-tur bahslari

29-mart, juma

Gollar: 1:0 — 37 Stuani, 1:1 — 53 Uilyams, 1:2 — 59 Garsiya

30-mart, shanba

31-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют