» » Qozog‘istonning birinchi xonimi yo‘q. Prezident To‘qayev ajrashgan

Qozog‘istonning birinchi xonimi yo‘q. Prezident To‘qayev ajrashgan


Qozog‘iston prezidenti saytida mamlakatning yangi rahbari tarjimai holi joylashtirildi.

Unda Qosim-Jomart To‘qayevning ota-onasi, ma’lumoti, oilasi va qiziqishlari haqida ma’lumotlar yozilgan.

Prezidentning otasi Kamol To‘qayev ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, taniqli yozuvchi, qozoq adabiyotida detektiv-sarguzasht yo‘nalishi asoschisi. Onasi Turar Shabarbayeva Olmaota xorijiy tillar pedagogika institutida ishlagan. Ularning ikkisi ham vafot etgan.

Qosim-Jomart To‘qayev xalqaro munosabatlar muammolari bo‘yicha 10 ta kitob muallifi, sog‘lom turmush tarzi tarafdori hisoblanadi. Badiiy, siyosiy, memuar adabiyotlarni o‘qish bilan qiziqadi.

Qosim-Jomart To‘qayev turmushidan ajrashgan. Uning Timur ismli o‘g‘li bor.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston prezidentining sobiq rafiqasi Nadejda To‘qayeva ayni paytda Moskvada istiqomat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют