» » Madagaskarda mitti qurbaqa turlari topildi

Madagaskarda mitti qurbaqa turlari topildi


Germaniyaning Lyudvig-Maksimilian universiteti olimlari Madagaskarda qurbaqaning avval ma’lum bo‘lmagan beshta turini topdi, deb xabar berdi National Geographic.

Ulardan uchtasi Mini nomli yangi turkumga kiritilgan. Bunda biologlar qurbaqa turlarini nomlashda minimum, miniatyura va mitti so‘zlaridan foydalangan. Qurbaqalarga rasmiy ravishda Mini mum, Mini ature va Mini scule deb nom qo‘yilgan.

Ulardan eng kichigi bo‘lgan Mini mum va Mini scule qurbaqalarining kattaligi 8—11 millimetr keladi. “Eng yirigi” Mini ature esa uzog‘i bilan 15 millimetrgacha yetadi.

Yana bir juft yangi qurbaqalar esa Rhombophryne va Anodonthyla turlariga kiritilgan. Ularning kattaligi o‘rtacha 12 millimetr keladi.

Paedophryne amauensis qurbaqasi yuqoridagi qurbaqalardan kichikroq bo‘lib, uning kattaligi 7,7 millimetrni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют