» » Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarlari 31-mart kuni Xo‘jaobod tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazadi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarlari 31-mart kuni Xo‘jaobod tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazadi


O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari tomonidan 31-mart kuni hududlarda ommaviy sayyor qabullar o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Akromxon Boboxonov 31-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani hokimligi binosida Xo‘jaobod, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Xonobod shahri aholisi ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazadi.

Shu kuni ichki ishlar vazirining boshqa bir o‘rinbosari, polkovnik Muhiddin Jo‘rayev soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri “Majidiy” teatri binosida Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Qo‘shrabot, Ishtixon, Narpay va Paxtachi tumanlari aholisi ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazadi.

“Respublikaning boshqa hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy sayyor qabul kunlari haqida saytimiz va Telegram-kanalimiz orqali xabar berib boramiz”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют