» » Bundesliga. Pakoning so‘nggi daqiqalarda dubli “Borussiya D”ga g‘alaba keltirdi, “Bavariya”da esa durang (video)

Bundesliga. Pakoning so‘nggi daqiqalarda dubli “Borussiya D”ga g‘alaba keltirdi, “Bavariya”da esa durang (video)


29-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 27-turi doirasida 5 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi safarda “Frayburg” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Lukas Huler Sven Ulrayx darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 22-daqiqaga kelib Robert Levandovski hisobni tenglashtirdi. Mazkur hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi va tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi (1:1). Natijada myunxenliklar 61 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.

Shu kuni musobaqa jadvalida 60 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Volfsburg”ni qabul qildi.

To‘qnashuvning 90+1 va 90+4-daqiqalarida Fransisko Alkaser gol urib, dublga erishdi (2:0). Natijada dortmundliklar so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga g‘alabani ilib ketdi.

Diter Heking boshliq “Borussiya Myunxengladbax” klubi mehmonda “Fortuna Dyusseldorf” jamoasi bilan o‘ynadi.

O‘yinning 6 va 16-daqiqalarida mezbon jamoa a’zosi Rouven Hennings dublga erishgan bo‘lsa, Kevin Stoger (12) ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (3:0). 83-daqiqada esa Denis Zakariyo hisobni qisqartirdi (3:1).

Bundesliga

27-tur bahslari

29-mart, juma

Gollar: 1:0 — 52 Isxak, 2:0 — 88 Pereyra, 3:0 — 90 Lyoven

Gollar: 1:0 — 6 Hennings, 2:0 — 12 Stoger, 3:0 — 16 Hennings, 3:1 — 83 Zakariyo

Gollar: 1:0 — 3 Huler, 1:1 — 22 Levandovski

Gollar: 1:0 — 3 Rashitsa, 2:0 — 36 Kruze, 2:1 — 52 Kvayzon, 3:1 — 63 Kruze

Gol: 1:0 — 90+1 Alkaser, 2:0 — 90+4 Alkaser

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют