» » Britaniya bosh vaziri Shotlandiya mustaqilligi masalasida referendum o‘tkazishga urinishni qoraladi

Britaniya bosh vaziri Shotlandiya mustaqilligi masalasida referendum o‘tkazishga urinishni qoraladi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma’lum qilishicha, Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha navbatdagi referendum jamiyatning bo‘linishiga sabab bo‘ladi va Birlashgan Qirollikda katta ko‘lamli iqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Ikki yil avval o‘tkazilgan referendumda Shotlandiya Birlashgan Qirollik tarkibida qolish uchun qat’iy ovoz bergan, Shotlandiya hukumati esa bu kabi referendumlarni bir avlod uchun bir marta o‘tkazishni va’da qilgan edi”, — dedi Britaniya hukumati raisi.

Meyning so‘zlariga ko‘ra, Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Starjen yangi referendum borasidagi tashabbusni Britaniya uchun eng yomon bir davrda o‘rtaga tashladi.

“Ma’lumotlar ochiq ko‘rsatib turibdiki, Shotlandiyadagi odamlarning aksariyati mustaqillik masalasida ikkinchi referendum o‘tkazilishini istamayapti”, — dedi Mey xonim.

Avvalroq Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Starjen kelasi hafta yangi referendumni o‘tkazishga ruxsat berishni so‘rab, Shotlandiya parlamentiga murojaat qilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют